Asqar Akayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish to‘xtatildi
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari respublikaning birinchi prezidenti Asqar Akayevga nisbatan Qumtor konidagi korrupsiya bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatdi.
Bu haqda «24.kg» agentligi Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining xalqaro-huquqiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Asilbek Akmatovga asoslanib xabar berdi.
«Asqar Akayevga nisbatan jinoiy ta’qib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha da’vo muddati o‘tgani munosabati bilan tugatildi», — deydi Akmatov.
Akayevga nisbatan mansab vakolatini yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik, 1992-yilda «Cameco» kompaniyasi bilan shartnoma tuzish va 2003-yilda «Qumtor» loyihasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha jinoiy ochilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgustda Akayev uzoq yillik qochqinlikdan so‘ng, vatanga kelgan va korrutsiyaviy holatlar bo‘yicha amaldagi hukumat bilan hamkorlik qilishinii ochiqlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter