Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Malayziya jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Malayziya jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Malayziya Hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.

Qayd etilishicha, jinoyatchilikka qarshi kurashish har bir davlat oldidagi qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayrim jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va protsessual harakatlarni amalga oshirish boshqa davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ratifikatsiya qilish taklif etilayotgan mazkur shartnoma ham aynan shu maqsadga qaratilgan.

Shartnomada jinoy ta’qib etish, jinoyat ishini tergov qilish, ishni sudda ko‘rish, shaxsni javobgarlikka tortish, shuningdek, jinoiy daromadlar va jinoyat qurollarini aniqlash, olib qo‘yish, musodara qilish, jinoiy qilmish oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash kabi protsessual harakatlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish belgilanmoqda.

Shuningdek, ushbu Shartnoma ekstraditsiya qilish maqsadida shaxsni ushlab turish yoki qamoqqa olish, ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni jazoni o‘tash uchun o‘tkazish, jinoyat ishi yurituvini o‘tkazish, bir taraf chiqargan sud hukmini boshqa taraf tomonidan ijro qilish masalalariga tatbiq etilmaydi.

Mazkur Shartnomaning imzolanishi ikki davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rish davomida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilashga, jinoyatchilikka qarshi kurashishda birdamlik va hamkorlikni oshirishga, bu orqali har ikki davlatda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring