Asl muammo qayerda: global isish qaytadan o‘rganildi
Xalqaro olimlar guruhi okeanlar karbonat angidrid gazini oldin hisoblanganidan ko‘ra ko‘proq o‘ziga so‘rib olishini aniqlashdi, deb xabar berdi «Phys.org».
Avvallari atmosferaga odamlar chiqaradigan karbonat angidrid gazining to‘rtdan bir qismi okeanlarga tushadi deyilgan. Biroq tadqiqotchilar ajraladigan va dengizlar yuzasida so‘riladigan gaz miqdorini qaytadan o‘rganishdi. Bunda okeanlar ustki qavati harorati, suvining sho‘rlik darajasi va shamol tezligi to‘g‘risidagi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga tayanildi.
Buni qarangki, har yili uch milliard tonna karbonat angidrid gazi atmosferadan olinarkan. Bu qazib olingan yoqilg‘ining yonishi tufayli kelib chiqqan emissiyaning uchdan bir qismini tashkil etadi. Olimlar so‘ziga ko‘ra, garchi bunga ijobiy jarayon deb qaralsa-da, aslida u okean sho‘rlanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida dengiz organizmlarining qirilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter