Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ashraf G‘ani qayerdaligi aniqlandi

Ashraf G‘ani qayerdaligi aniqlandi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani ayni paytda oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari(BAA)da bo‘lib turibdi.

BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi prezident Ashraf G‘ani va uning oilasi BAAda ekanini tasdiqlagan.

Bungacha Ashraf G‘ani haqida turli xabarlar tarqalgandi: kimdir Tojikistonga ketgan desa, boshqasi Ummondan qo‘nim topdi, deya ma’lum qilgandi.

Ayrim manbalarga ko‘ra esa sobiq prezident O‘zbekistonda ekanini iddao qilishdi. Ammo o‘zbek TIV bu ma’lumotlarni inkor etib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring