Asad hokimiyati qulaydimi? Rossiya elchixonasi chaqiriq bilan chiqdi
Rossiya elchixonasi rossiyaliklarni Suriyani tark etishga chaqirdi.
Diplomatlar «Suriyadagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat tufayli» tijorat reyslaridan foydalanishni va mavjud aeroportlar orqali parvoz qilishni taklif qilmoqda, deb yozadi «TASS».
Suriyada isyonchilarning tez olg‘a siljishi o‘tgan hafta boshlandi. 2016-yildan beri birinchi marta ular Halab shahrini egallab olishdi.
Bir kun oldin Suriya armiyasi yana bir yirik shahar Hamani tark etdi; u ham «Hayat Tahrir ash-Shom» guruhi boshchiligidagi isyonchilar tomonidan bosib olingan edi.
Juma kuni isyonchilar yaqinlashayotgani haqidagi xabarlar ortidan o‘n minglab odamlar mamlakatning uchinchi yirik shahri Homsni tark etayotgani xabar qilingandi. «Hayat Tahrir ash-Shom» yetakchisi Abu Muhammad al-G‘o‘laniy Xoms aholisiga murojaat qilib, «Sizning vaqtingiz keldi», deb aytdi.
Prezident Bashar al-Asadni qo‘llab-quvvatlagan alaviy ozchilik Homsni tark etishga shoshilmoqda, videotasvirlarda yo‘llar mashinalar bilan to‘lganini ko‘rish mumkin. Homsdan keyin isyonchilar Damashqqa yo‘l olishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter