Armaniston prezidentida koviddan keyingi asoratlar paydo bo‘ldi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan COVID-19dan keyingi asoratlar tufayli tekshiruvdan o‘tmoqda, deya xabar bergan prezident ma’muriyati.
5-yanvar kuni o‘sha paytda Londonda bo‘lgan Armaniston prezidenti Sarkisyanga koronavirus tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar bergandik.
U yerda muolaja oldi, masofadan turib ishlashda davom etdi. Ammo 13-yanvar kuni prezident shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi: unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Bir oy o‘tgach Sarkisyan vataniga qaytib, Yerevanda davolanishni davom ettirdi.
Hozir hraparak.am onlayn-resurs xabariga ko‘ra, Sarkisyan yurakdagi muammo tufayli Yerevandagi «Astxik» tibbiyot markaziga yotqizilgan. Gazetaning yozishicha, stentlash operatsiyasi amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter