Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan

Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan

Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan. Ayni paytda mamlakatda Rossiya harbiy bazasini saqlab qolish masalasi kun tartibida emas.

Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan France 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bizning fikrimizcha, Armanistonga nisbatan Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma, ayniqsa, 2021-2022 yillarda amalga oshirilmadi va bu bizning e’tiborimizdan chetda qolishi mumkin emas. Biz bu kelishuvdagi ishtirokimizni muzlatib qo‘ydik. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘ladi», – deydi u.

U shuningdek, qo‘shni Ozarbayjon bilan munosabatlari haqida ham to‘xtalgan.

Pashinyanning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish haqidagi va’dalar Ozarbayjon tomonining xatti-harakatlari bilan rad etilmoqda. Mamlakat qurollanish uchun «milliardlar yevro» sarflayapti.

Pashinyan bir necha oy oldin Rossiya «Armaniston aholisini hukumatni ag‘darishga ochiqdan-ochiq chaqirganini» tasdiqlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskvadan unga qarshi bu «tashviqot» to‘xtovsiz davom etmoqda.

Armaniston bosh vaziri, ayniqsa, Armanistonda rus askarlari tomonidan rossiyalik qochoq Dmitriy Setrakovning o‘g‘irlab ketilishidan xavotirda ekanini aytdi.

«Biz hududimizdagi noqonuniy harakatlarga toqat qila olmaymiz», – deydi u va Yerevanning talablari javobsiz qolsa, «oqibatlar» bo‘lishidan ogohlantiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston vakillari KXShTning Minskdagi sammitini o‘tkazib yubordi, 2023 yilning boshida esa mamlakat o‘z hududidagi tashkilot mashg‘ulotlarini bekor qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring