Argentinada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Argentina janubidagi Tiyerra del Fyugo qo‘shorollarida joylashgan dam olish hududi Ushuayyada 6,3 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com».
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
AQSh Geologik tadqiqotlar markazi (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 02.54da yuzaga kelgan. Yer silkinishi o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter