Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina Rossiya bilan hamkorlikdagi AES qurilishini to‘xtatdi

Argentina Rossiya bilan hamkorlikdagi AES qurilishini to‘xtatdi

Foto: «Kapital.kz»

Argentina Rossiya bilan hamkorlikdagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini mamlakatdagi iqtisodiy muammolar sababli to‘xtatib turishga majbur. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Argentinaning RFdagi elchisi Rikardo Lagorio buni ma’lum qilgan.

Rikardo Lagorio. Foto: «RIA Novosti»

«Biz yaqinda juda muvaffaqiyatli kelishuvga erishdik, biroq Argentina iqtisodiyoti jiddiy sinovlarni boshdan o‘tkazmoqda. Va bu sinovlar yaqin kelajakda davom etadi. Bu reja (AES qurilishi) hamon kun tartibida, unga qiziqishimiz so‘nmagan. Biroq fursati kelishini kutishimizga to‘g‘ri keladi», — elchi shu mazmunda bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Rusatom Oversiz» («Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibida) rahbari Yevgeniy Pakermanov Rossiya va Argentina birgalikda kichik quvvatli suv usti va yer usti atom stansiyalarini qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring