Arab mamlakatlaridan biri G‘azoga askarlar yuboradi
Shialarning «Ansor Alloh» harakati (xusiylar) hukmronlik qilayotgan shimoliy Yaman hukumati G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar uchun umumiy safarbarlik o‘tkazmoqda.
Bu haqda «Ansor Alloh» siyosiy byurosi a’zosi Xuzam al-Assad «RIA Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Safarbarlik Falastin xalqini Isroil bilan qurolli mojaroda qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilmoqda, deya tushuntirdi siyosatchi. Husiylar o‘quv lagerlarini ochgan. Qayd etilishicha, o‘n minglab odamlar harbiy sirlarni o‘rganish uchun ketgan.
Yamanlik voiz «G‘azodagi Falastin xalqi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Isroil tomonidan genotsidga duchor qilinmoqda» dedi.
Al-Assad Yaman Respublikasi muntazam armiyaga va rivojlangan harbiy salohiyatga ega ekani, shuning uchun harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan safarbar qilingan odamlar mamlakat shimolidagi jangovar harakatlarda qatnashmasligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter