AQSh yangi yadroviy raketasi nomini e’lon qildi
AQSh harbiy-havo kuchlari yangi qit’alararo ballistik raketasining nomini ma’lum qildi. U shu paytgacha qurollanishda turgan LGM-30G Minuteman III ning o‘rnini egallaydi, deb xabar berdi «Defense News».
Yangi raketaning nomi — LGM-35A Sentinel, u GBSD — Ground Based Strategic Deterrent belgisi ostida ishlangan. AQSh harbiy-havo kuchlari raketa uchun jangovar zaxirani 2029-yildan olishni boshlaydi.
Yangi raketalarga xizmat ko‘rsatish LGM-30G Minuteman III ga qaraganda kamxarj. LGM-35A Sentinel ning yaroqlilik muddati 2070-yillargacha mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter