AQShning eng keksa fuqarosi vafot etdi
AQShda yashagan eng keksa inson Bessi Hendriks 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
«Geronotology Research Group ma’lumotlariga ko‘ra, Bessi Hendriks yoshi ulug‘ligi bo‘yicha AQShda yashayotganlar orasida birinchi, jahonda to‘rtinchi o‘rinda edi», — deb yozdi nashr.
New York Post ma’lumotiga ko‘ra, Hendriks 1907 yilning 7 noyabrida Ayova shtatida tug‘ilgan. Onaxon besh farzandining ikki nafaridan ko‘proq yashadi.
Yoshligidan fermada ishlagan Hendriks uzoq va farovon turmush kechirishining sirini og‘ir mehnatda deb bilgan.
Marhumadan uch farzand, to‘qqiz nevara, 28 evara va 42 nafar chevara qoldi.
Endilikda AQShning eng keksa insoni — kaliforniyalik Edi Chekkarelli, 5 fevral kuni u 115 yoshini qarshilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter