Jismoniy faollikning ozi ham, ko‘pi ham umrga ziyon — tadqiqot

Jismoniy faollikning uzoq umr ko‘rishdagi roli shu paytgacha oshirib baholangan — Yuvyaskyulya universiteti (Finlyandiya) olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari European Journal of Epidemiology (EJE) ilmiy nashrida e’lon qilindi.
Olimlar finlyandiyalik 22 750 nafar egizaklarning 1975-yildan 1990-yilgacha oraliqdagi jismoniy faolligi kuzatilib, qayd etib borilgan ma’lumotlarini o‘rganishdi.
Biologik qarish jarayonini baholash uchun DNK metillanishini tahlil qiluvchi epigenetik soatlardan foydalanildi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari va atrterial bosimga irsiy moyillik o‘rganildi.
Natijalar ko‘rsatishicha, mo‘’tadil jismoniy faollik — umrni uzaytirish uchun eng maqbul tanlov. O‘lim xavfi eng ko‘p kamayishi (7 foizga) kamharakatlilikdan mo‘’tadil jismoniy faollikka o‘tganlarda kuzatilgan. Yuqori jismoniy faollik darajasi uzoq umr ko‘rish uchun qo‘shimcha foyda keltirgan holatlar kuzatilmagan.
Qisqa muddatli istiqbolda yuqori jismoniy faollik chindan ham o‘lim xavfni pasaytiradi. Biroq uzoq istiqbolda (30 yillik kuzatuvlar) jismoniy faolligi yuqori va kamharakat insonlar o‘rtasidagi tafovut uncha sezilmagan.
Jismoniy faollik va biologik qarish o‘rtasidagi bog‘liqlik U harfi yoki taqa shaklini eslatadi. Qizig‘i, sport bilan juda kam shug‘ullanuvchilar va juda ko‘p shug‘ullanuvchilarda tez qarish kuzatilgan. Xulosa shuki, eng yaxshi tanlov, «oltin oraliq» — muntazamlik va mo‘’tadillikda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter