Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning birgina okrugida 2,6 mingdan ortiq saylovchilarning ovozi hisoblanmagani fosh bo‘ldi

AQShning birgina okrugida 2,6 mingdan ortiq saylovchilarning ovozi hisoblanmagani fosh bo‘ldi

Foto: «Reddeeradvocate.com»

Amerikaning Jorjiya shtatida prezident saylovlarida saylovchilarning ovozini qayta hisoblash natijasida hozirgi vaqtga kelib okruglardan birida 2,6 mingdan ortiq ovoz hisobga olinmagani oydinlashdi, deya xabar berdi mahalliy «Atlanta Journal-Constitution» gazetasi.

Bunday holat byulletenlarni skanerlash bilan bog‘liq muammolar tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan byulletenlar AQSh prezidenti Donald Trampga ommaviy axborot vositalarining dastlabki xabarlariga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar prezidenti etib saylangan demokratlardan nomzod Jo Bayden bilan oradagi farqni qisqartirishga yordam beradi. Ayni vaqtda, telekanalning xabar berishicha, Bayden bilan Tramp orasidagi farq 14 ming ovozdan oshib ketgan.

Jorjiya saylov komissiyasi xodimi Gebriyel Sterling nashrga bu texnik nosozlik emasligini ma’lum qilib, byulletenlar aniqlangan okrug saylov komissiyasi rahbari iste’foga chiqishini talab qilgan.

«Men saylovlarda g‘olib bo‘ldim!», — deya e’lon qildi Donald Tramp. Shuningdek, u raqibining tarafdorlari AQSh konstitutsiyasini buzayotganini aytgan.

Qayd etilishicha, shtatning boshqa okruglarida qayta hisoblash hozircha ovozlar soni o‘rtasidagi jiddiy farqni aniqlamadi.

Avvalroq Jorjiya shtati davlat kotibi Bred Raffensperger AQSh prezidenti saylovlarida ovozlarni qo‘lda qayta hisoblash ehtimoli haqida gapirgandi.

16 saylovchiga ega Jorjiya AQSh prezidenti saylovlari natijasini hal qilishi mumkin bo‘lgan to‘rtta shtatdan biri bo‘lib, u yerda hozircha g‘olib e’lon qilinmadi. Tramp shtabi shtat saylov komissiyasining pochta orqali kelgan byulletenlarni qayta hisoblash va saqlash to‘g‘risidagi qonunga rioya qilishini talab qilib Jorjiya sudiga da’vo qilgan.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring