AQShdagi prezident saylovlarida koronavirusga chalinganlar mashinalarda ovoz berishyapti
AQShda koronavirusga chalingan saylovchilar mashinalarda ovoz berishmoqda. Sent-Luisda (Missuri shtati) tasvirga olingan video lavha RT Telegram-kanaliga joylangan.
Ta’kidlanishicha, shahardagi saylov komissiyasi xodimlari maxsus joy tashkil etishgan bo‘lib, u yerda ovoz berishga yordamlashishadi. Sent-Luis aholisi bu joyga mashinasida kelishi mumkin: shunda ularga oyna orqali byulleten uzatiladi: saylovchi avtomobilining ichida ovoz berishi mumkin. Video lavhalarga ko‘ra, saylovchi bilan muloqot qilgandan so‘ng komissiya xodimlari qo‘lqoplarini almashtirishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden saylovchilarning ovozi bo‘yicha respublikachi raqibi Donald Trampga yaqinlashib qolgan. G‘alaba qozonish uchun nomzod kamida 270 ta ovoz to‘plashi zarur.
3-noyabr kuni AQShda umumiy saylov o‘tkazildi. Fuqarolar prezident va vitse-prezident, 35 ta senator, butun palata vakillari, 13 ta gubernator va mahalliy hukumat organlari vakillarini saylashdi. Yuqori lavozim uchun amaldagi davlat rahbari, respublikachi Donald Tramp hamda Barak Obama davrida vitse-prezident lavozimini egallagan demokrat Jo Bayden kurash olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter