AQShda sud binosi yonida o‘zini yoqib yuborgan erkak vafot etdi
Nyu-Yorkda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan sud jarayoni davom etayotgan sud binosi oldida o‘zini yoqib yuborgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.
«Maks Azzarello o‘zini yoqib yuborganidan bir necha soat o‘tib vafot etdi», deyiladi politsiya xabarida.
Nashrning qayd etishicha, vafot etgan shaxs 37 yoshda edi. Florida shtatida yashagan Maks Azzarello Nyu-Yorkda Tramp ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgan mahkama oldida o‘zini yoqib yuborgan.
Tramp esa o‘ziga qarshi jinoiy sud jarayonini Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning siyosiy ta’qibi deb atagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter