AQShda qayiq cho‘kdi: 11 kishi halok bo‘ldi
AQShning Missuri shtatidagi Missuri ko‘li shimolida qayiq cho‘kib ketishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Haber7.com» sayti.
«Branson Cox» tibbiyot markazidan ma’lum qilishlaricha, qayiq botganidan so‘ng 3 bola va 7 ayol qutqarilib, shifoxonaga keltirilgan. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Cho‘kkan qayiqda 31 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi ko‘l bo‘ylab sayohatga chiqqan edi.
Mahalliy meteorologiya mutasaddilarining aytishicha, qayiq cho‘kkanida shamolning tezligi soatiga 100 kilometrni tashkil qilgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasini jasadi ko‘ldan olib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter