AQShda hayvonot bog‘ida ilk bor maymunlar koronavirusga qarshi emlandi
AQShning San-Diyego hayvonot bog‘idagi bir nechta orangutan va bonobo hayvonlarga mo‘ljallangan COVID-19 vaksinasi bilan emlandi. Ular koronavirusga qarshi emlangan hayvonlar bo‘lishdi, deb xabar beradi CNBS News.
Eksperiment ishtirokchilari orasida Karen ismli orangutan ham bor, u 1994-yilda dunyoda birinchi bo‘lib ochiq yurak operatsiyasini o‘tkazgan maymunga aylangan edi. U boshqa uchta orangutan va beshta bonobo bilan birga Zoetis veterinariya farmatsevtika kompaniyasi tomonidan yaratilgan ikki dozali vaksinani qabul qilgan.
Esoatib o‘tamiz hayvonlar uchun vaksinani sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror San-Diyegodagi safari bog‘ida gorillalarning koronavirus bilan kasallanganligi sababli shu yilning yanvar oyida qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter