AQShda harbiy samolyot halokatga uchradi — ikki kishi halok bo‘ldi

Montgomeri (Alabama shtati) aeroporti yaqinida harbiy samolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Fox News».
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mahalliy agentlik rahbari Kristina Torntonning aytishicha, ikki o‘rinli «T-38» samolyoti qulab tushgan. Voqea joyiga milliy gvardiya, politsiya, o‘t o‘chirish va favqulodda vaziyatlar xizmatlari yetib kelgan.
Aeroport rahbari Marshall Taggart ma’lum qilishicha, halokat yuz bergan hududda aholi uylari bor, ammo samolyot ularga urilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter