Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda demokratlarning sobiq yetakchisi 82 yoshida vafot etdi

AQShda demokratlarning sobiq yetakchisi 82 yoshida vafot etdi

AQShda sobiq demokrat senator Garri Rid 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Amerika Kongressi yuqori palatasidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer Twitterda ma’lum qildi.

Garri Rid 2004-yildan 2017-yilgacha Amerika parlamentining yuqori palatasida demokratlarni boshqargan.

Siyosatchi Ridni o‘zi uchun yetakchi, ustoz va eng qadrdon do‘stlaridan biri ekanligini ta’kidlagan. «U qayerdan kelganini hech qachon unutmadi va o‘zining aql zakovatini kambag‘al va o‘rtahol qatlami manfaatlarini himoya qilishga sarfladi», —deya qo‘shimcha qilgan u.

2005-yilda Rid bir ovozdan Senatdagi Demokratik partiya rahbari etib saylandi. Ilgari murosa tarafdori sifatida tanilgan, u Pleym va Iroq urushi bo‘yicha Jorj Bush ma’muriyatiga qarshi keskin pozitsiyani egallagan. 2006-yil sentyabr oyida Rid Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld iste’fosini talab qilib chiqqandi.

2006-yil 7-noyabrda Qo‘shma Shtatlarda oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi, natijada Demokratik partiya Kongressning ikkala palatasini nazoratga oldi va 8 noyabrda Bush Ramsfeldni iste’foga chiqqanini rasman e’lon qilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring