Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga dron-kamikadze yetkazib bermoqda

AQSh Ukrainaga dron-kamikadze yetkazib bermoqda

Foto: AeroVironment

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga Switchblade rusumidagi jangovar uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berishga qaror qildi. Vashington hozirga qadar yuqori aniqlikda nishonga uruvchi bunday dronlarni faqat yaqin ittifoqchisi Buyuk Britaniya bilan baham ko‘rgan.

Switchblade dronlari AQSh harbiy havo kuchlari buyurtmasiga ko‘ra AeroVironment kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Nishonni 10 kilometrdan aniq uruvchi qurilma faqat bir marta qo‘llangani sabab dron-kamikadze deb ataladi. Shovqinsiz parvoz qiluvchi, kichik hajmli dronlarni payqash mushkul ekani aytiladi. Hozircha 100 dona dron yetkazib berilishi ma’lum qilingan. Keyinroq yana qo‘shimcha miqdorda yuborilishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Vashington yuqori doiralarida Ukrainaga mazkur ilg‘or jangovar qurilmalarni yetkazish masalasi uzoq muhokama etilgan. Pirovardida og‘ir ahvolda qolgan mamlakatga ko‘mak va xayrixohlik ifodasi o‘laroq uni yetkazishga rozilik berilgan.

Harbiy ekspertlar Switchblade dronlarini «aqlli bomba» deb ataydi. Dvigatel, kamera va ichki boshqaruv tizimiga ega qurilma ham bronetexnika, ham piyoda askarlarni mahv etishga mo‘ljallangan. Dronlarni ob’yektlarga mustaqil holda hujum qilishga dasturlashtirish imkoni mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring