Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh STG sotish bo‘yicha Qatarga yetib oldi

AQSh STG sotish bo‘yicha Qatarga yetib oldi

Foto: Energynews.pro

AQSh siqilgan tabiiy gaz (STG)ni eksport qilishda jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bloomberg yozishicha, 2022-yilda AQSh Qatarni quvib yetdi: har ikki mamlakat 81,2 mln tonnadan siqilgan gaz sotdi.

STG eksportida uchinchi mamlakat — Avstraliya.

Agarda Texasdagi Freeport suyultirilgan gaz eksporti bilan shug‘ullanuvchi zavodda yong‘in sodir bo‘lmaganida, AQSh Qatardan ancha o‘zib ketgan bo‘lardi. Ta’mirlash ishlari ketayotgan ushbu zavod shu oyning oxirlarida yana ishni davom ettirishi kutilyapti.

AQSh energiya resurslarini sotishga zo‘r bergan: 2016-yildayoq 48 shtati STG eksport qilishni boshlagan. Amerika neft-gaz kompaniyalari siqilgan gaz zavodlarini qurishga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda. Yaqin yillarda Meksika ko‘rfazining sohillarida bir nechta yangi eksport loyihalari ishga tushishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring