AQSh senatorlari Isroil borasida Baydenga talab yubordi
AQSh Senati a’zolari prezident Jo Baydenga maktub yo‘llab, AQShning «Tashqi yordam to‘g‘risida»gi qonuni buzilgani sabab Isroilga qurol sotishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Demokrat Berni Sanders va yana yetti nafar senator Oq uy rahbaridan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumatiga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami jo‘natishdagi to‘siqlar AQSh qonunchiligida nazarda tutilgan jiddiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirishni so‘radi.
«Ular (Isroil rasmiylari) qonunni buzmoqda, shuning uchun moliyaviy yordam to‘xtatilishi kerak», dedi Sanders nashrga.
Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban G‘azo sektoriga bostirib kirgan 2023-yil 7-oktyabrdan buyon 30600 dan ziyod falastinlik, jumladan, 13430 nafar bolalar va 8900 nafar xotin-qizlar halok bo‘ldi.
Avvalroq, vayron bo‘lgan G‘azo sektorini tiklash uchun 90 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter