AQSh rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan pullarini Ukrainaga beradi – Blinken
![AQSh rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan pullarini Ukrainaga beradi – Blinken](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1850280921.png)
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqini boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar ostidagi rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlarni birinchi marta Ukrainaga o‘tkazadi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Putinning agressiv urushiga hissa qo‘shganlar badal to‘lashi shart. Biz birinchi marta Ukrainaga sanksiyaga uchragan rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlarni o‘tkazmoqdamiz, endi ular Ukraina harbiy faxriylarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi», – degan AQSh Davlat kotibi.
Gap faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan 5,4 million dollar haqida bormoqda.
Bundan oldinroq, AQSh Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Liza Monako AQSh rasmiylari Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq aktivlarini musodara qilishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter