AQSh prezidenti «Forbes» reytingida nechanchi o‘rinda?
«Forbes» yozishicha, prezident Donald Tramp shu yil davomida AQShning eng boy fuqarolari reytingida 16 pog‘onaga pastlagan.
Jurnal xabariga ko‘ra, Trampning boyligi so‘nggi ikki yilda deyarli o‘zgarishlarga uchramagan va taxminan $3,1 mlrd.ni tashkil etmoqda. Bu yil «Forbes» amerikalik prezidentni «top-400»ning 275-qatoriga joylashtirdi. Umuman olganda, Tramp prezidentlik yillarida 119 pog‘onaga pastlagan.
AQShning eng boy fuqarolari uchligi o‘zgarishsiz qolmoqda. Birinchi o‘rinda — «Amazon» asoschisi Jeff Bezos ($114 mlrd.). Ikkinchi o‘rinda — «Microsoft» asoschisi Bill Geyts ($106 mlrd.), uchinchi — sarmoyador Uorren Baffet ($80,8 mlrd.),
Mark Sukerberg («Facebook») to‘rtinchi o‘rinda — 69,6 milliard dollar, Larri Ellison («Oracle») — 65 milliard dollar.
Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, 275-o‘rinda Donald Tramp yolg‘iz emas, yana 11 nafar milliarder u bilan teng boylikka ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter