Pentagon matbuot kotibi iste’fo berdi
Pentagon rahbari Jeyms Mettisdan so‘ng AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Dana Uayt ham o‘zining iste’fosi haqida e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Men ushbu ma’muriyat taqdim etgan vazir Mettis, harbiylarimiz va ularni qo‘llovchi fuqarolar bilan ishlash uchun minnatdorman»,-deb yozadi Uayt.
Pentagon matbuot kotibi Jeyms Mettis xodimlarga xayrlashuv xatini yuborgach, bir necha soatdan so‘ng ketishini e’lon qildi.
1 yanvardan boshlab uning o‘rinbosari Charli Sammers matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
21 dekabr kuni AQSh Mudofaa vaziri iste’foga chiqishi ma’lum qilingan edi. Mettisning so‘zlariga ko‘ra, bunga Tramp bilan mudofaa masalalari xususidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.
Avvaliga Pentagon rahbari 2019 yilning fevralida ishdan ketishi tahmin qilingan edi. Ammo Tramp uning 1 yanvardan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Mettisning vazifasini AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosari Patrik Shanaxan bajaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter