AQSh Isroilga harbiy yordam jo‘natdi
Pentagonning ma’lum qilishicha, Isroildagi vaziyat yomonlashgani sababli, Qo‘shma Shtatlar «Jerald Ford» tashuvchisini sharqiy O‘rta yer dengiziga yubormoqda. Isroil chegarasiga yaqin hududlarga ko‘chiradi.
Uning tarkibiga AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Jerald Ford» samolyot tashuvchi kemasi, «Normandiya» raketa kreyseri, shuningdek, boshqariladigan esminslar kiradi.
«Biz mintaqadagi harbiy-havo kuchlarining F-35, F-15, F-16 va A-10 qiruvchi eskadronlarini kuchaytirish bo‘yicha ham choralar ko‘rdik», - deydi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
Vazirga ko‘ra, Isroilga qo‘shimcha harbiy texnika va o‘q-dori yetkaziladi. Jumladan, «Temir gumbaz» havodan himoya qilish tizmiga ham raketalar beriladi. Kuchni namoyish etish va isroilni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSh mintaqadagi aviabazalarida zarba beruvchi samolyotlar sonini ko‘paytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil AQShdan «Temir gumbaz» raketalari, kichik kalibrli bombalar, pulemyot o‘qlari, shuningdek, Livan va Hizbulloh bo‘yicha razvedka yordamini so‘ragani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter