Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi uchun 10 million dollar va’da qildi

AQSh IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi uchun 10 million dollar va’da qildi

Foto: Department of State.

AQSh Davlat departamenti Afg‘oniston va Pokistondagi «Xuroson viloyati» (IShID bo‘limi) yetakchisi Shahab al-Muhojirning qo‘lga olinishi yoki joylashgan joyini aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qildi.

Bu haqda Afg‘oniston xalqaro telekanali ma’lum qilgan.

2020 yil iyun oyida al-Muhojir «Xuroson viloyati» rahbari bo‘ldi, «IShID Afg‘onistonda sodir etilgan barcha hujumlar uchun javobgardir».

Davlat departamentining da’vo qilishicha, al-Muhojir Afg‘onistonda partizan operatsiyalarini tashkil qilish, murakkab xudkushlik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Shunday hujumlardan biri 2021 yilning 26 avgustida, AQSh qo‘shinlari Kobul aeroportidan olib chiqilishining so‘nggi kunlarida, IShIDning xudkush-terrorchisi olomonni portlatib yuborganida sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 173 kishi, jumladan 13 nafar amerikalik askar halok bo‘lgan.

Davlat departamenti, shuningdek, hujum uchun javobgarlarni hibsga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan.

Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashining IShID jangarilari va Al-Qoidaga qarshi sanksiyalarni nazorat qilish guruhi Shahab al-Muhojirni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.
Avvalroq IShID rahbari Suriyada o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring