AQSh Hindistonga 30 kun muddat berdi
AQSh moliya vazirligi Hindiston banklarini, Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi bilan hamkorligi uchun, dollardan uzib qo‘yishi mumkin.
Hindiston banklar assotsiatsiyasiga yo‘llagan murojaatida moliya vazirligi AQSh Dehliga 30 kun muddat berishini ma’lum qildi. Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida tranzaksiyalar o‘tkazayotgan hind banklari Amerika sanksiyalariga tushib qolmaslik uchun shu vaqt ichida tegishli choralarni ko‘rishi talab etiladi.
Agarda Hindiston banklari ogohlantiruvni e’tiborsiz qoldirsa, ular Amerikada moliyaviy amaliyotlarni bajara olishmaydi. Hind banklari oldida ikki yo‘l turibdi: Rossiyani yoki Amerikani, rublni yoki dollarni tanlash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter