Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh fuqarosi barcha davlatlarga sayohat qilib, rekord o‘rnatdi

AQSh fuqarosi barcha davlatlarga sayohat qilib, rekord o‘rnatdi

AQSh fuqarosi bo‘lgan erkak dunyoning barcha mamlakatlariga sayohat qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi UPI. Uning sayohatlarida oxirgi nuqta Turkmaniston bo‘lgan.

San-Diyegolik Rendi Uilyams Turkmaniston sayyohlar uchun to‘rt yil davomida yopiq bo‘lganidan keyin ushbu davlatga tashrif buyurgan. 

«Turkmaniston sayyoramizdagi eng sirli va turistlar uchun yopiq mamlakatlardan biri», — deya izoh berdi amerikalik.

Hozirda Uilyams Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha 193 davlatga, shuningdek, Vatikan va Falastinga sayohat qilgan. Shuningdek, u Kosovo, G‘arbiy Sahroi Kabir va Tayvan kabi bahsli hududlarga ham borgan.

Endi Uilyams o‘zining navbatdagi rekordi haqida o‘ylamoqda. Erkak dunyoning hamma davlatlarida bo‘lganini aytib, yangi davlat o‘ylab topishi kerakligi haqida hazillashgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring