Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antarktidadagi ukrain stansiyasidan xushxabar! (foto)

Antarktidadagi ukrain stansiyasidan xushxabar! (foto)

Foto: Ukraina Milliy antarktik ilmiy markazi

Ukrainaning Akademik Vernadskiy stansiyasi joylashgan Antarktidadagi Galindez orolida rekord darajada ko‘p qor yog‘di, qutbchilarimiz bunchalik qalin qorni so‘nggi 20 yilda endi ko‘rishdi, deya xabar berdi Milliy antarktik ilmiy markaz bugun, 19-dekabr sanasida.

«...Meteorologlar Akademik Vernadskiy stansiyasi atrofida qorning qalinligi 2,75 metrga yetganini qayd etishdi, bu so‘nggi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich», — deyiladi xabarda.

Oldingi rekord 2016-yilda qayd etilib, qorning qalinligi 2,65 metrga yetgandi, ya’ni hozirgidan 10 santimetr kam.

Stansiyada so‘nggi yigirma yildagi qor yog‘ish ko‘rsatkichlari maksimumi 

  

«Bizning orolimiz butkul qorga burkandi. Holbuki, hozir Antarktidada yoz fasli. Ancha kundan beri qutbchilarimiz qor kurash bilan ovora, bironta pingvin yoki pingvin bolasiga shikast yetgani yo‘q», — qo‘shimcha qilishdi markaz xodimlari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring