Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antarktida ustidagi ozon tuynugining kattaligi rekord darajaga yetdi va o‘sishda davom etmoqda

Antarktida ustidagi ozon tuynugining kattaligi rekord darajaga yetdi va o‘sishda davom etmoqda

Foto: Globallookpress.com

16 sentyabr kuni kosmosdan olingan fotosuratlar bu yil Antarktida ustidagi ozon tuynugining rekord darajadagi eng katta o‘lchamlardan biriga yetganini ko‘rsatmoqda. Uning maydoni  26 mln km2, dan oshadi, bu Braziliya hududidan 3 barobar ko‘pdir, deb xabar beradi Daily Mail nashriga tayanib planet-today.ru.

Olimlar ozon tuynugining yanada kattarishidan jiddiy xavotirda ekanliklarini bildirishdi, chunki oktyabr oyida u yanada kengayadi.

Ushbu tuynukning maydoni mavsumga bog‘liq bo‘lib, u avgust oyida janubiy yarim sharda bahor kelishi bilan ko‘payishni boshlaydi. Dekabrdan fevralgacha, Antarktidada yoz bo‘lganda, teshik kichrayadi.

Ilk jarayon 1985-yilda kuzatilgan. Bu XX asrda ozon qatlamini buzuvchi kimyoviy moddalarning sanoatda keng qo‘llanilishi natijasi bo‘lib, jiddiy ekologik oqibatlarga olib keldi. Keyinchalik, ushbu moddalar ta’qiqlangach vaziyat asta-sekin yaxshilandi. Biroq, ozon insoniyat hali nazorat qila olmaydigan boshqa ta’sirlarga ham duchor bo‘ladi.

Ozon teshigi 2023-yilda odatdagidan ertaroq ochildi va uning yana qachon yopilishi hozircha noma’lum. Yana bir taxminlarga qaraganda bu atmosferaga juda ko‘p miqdorda suv bug‘ini chiqargan Tonga vulqonining kuchli otilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring