Angela Merkel: «Pandemiyaning eng og‘ir oylari hali oldinda»
Germaniya kansleri Angela Merkelning fikricha, koronavirus pandemiyasi yana kamida bir necha oyga cho‘ziladi. Bu haqda «Korrespondent» yozmoqda.
«Albatta, pandemiyaning eng og‘ir oylari, o‘ylashimcha, hali oldinda», — dedi Merkel Xristian-sotsialistlar ittifoqi federal yer guruhining 7-yanvar kuni Bundestdagda (Berlin) bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.
Kansler vaksina yaratilishi bilan og‘ir davrda umid uchqunlari paydo bo‘lganini ta’kidladi. Pandemiyadan keyingi davrda barcha fuqarolar uchun teng turmush sharoitlari yaratish eng og‘ir vazifa bo‘lib qoladi, bu jarayonda jamiyatda bo‘linishlarga yo‘l qo‘ymaslik shart, qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari.
Robert Kox instituti ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Germaniyada koronavirus bo‘yicha 31 849 ta holat aniqlangan, 1188 nafar bemor vafot etgan.
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri SARS-CoV-2 virusi 1 835 038 kishida aniqlangan, bemorlarning 37 607 nafari vafot etgan, sog‘ayganlar 1,5 million atrofida.
5-yanvar kuni hukumat va federal yer vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda karantin choralarini kuchaytirish va muddatini uzaytirish qaroriga kelingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter