Oq uyni portlatish rejasi uchun amerikalik 15 yilga qamaldi
![Oq uyni portlatish rejasi uchun amerikalik 15 yilga qamaldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1773840871.jpg)
Amerika sudi Jorjiya shtati fuqarosini qurol va portlovchi vositalar yordamida Oq uyga hujum qilishga uringani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Kamming shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Xasher Jalol Taxeb Oq uyga terrorchilik hujumini rejalashtirib yurgan. Chunki bu jihodda qatnashish majburiyatlaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.
Taxebga nisbatan tergov harakatlari bir yildan ortiq davom etgan. 2018-yil mart oyida mahalliy fuqarolardan biri huquqni muhofaza qilish organlariga yosh yigit radikallashganligi va chet elga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. 2019-yil yanvarda Taxeb FQB agentlari tomonidan hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter