Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada maosh evaziga qabristonda yashash taklif etildi

Amerikada maosh evaziga qabristonda yashash taklif etildi

Foto: «Brooklynbrief.com»

AQShning Nyu-York shahridagi Grin-Vud qabristoni rassomning qarorgohi (artist-in-residence) dasturini boshladi. Unga ko‘ra taklif etilgan birinchi rassomga kvartira va maosh beriladi. Loyihada ishtirok etish muddati — 2021-yil yanvardan sentyabrgacha to‘qqiz oy davom etadi. Bu haqda «Brooklyn Paper» xabar bergan.

Qabriston hududida joylashgan yer-mulk rassom ixtiyorida bo‘ladi. Turar joydan tashqari loyiha ishtirokchisi 1838-yilda asos solingandan beri Grin-Vud tarixi haqida ma’lumotlar to‘plangan arxiv hujjatlaridan foydalanishi mumkin.

E’longa ko‘ra, taklif etilgan rassom qabriston bilan bog‘liq birorta ijodiy loyihani amalga oshirishi, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risida bitta ma’ruza qilib berishi kerak. Ishni tugatgach unga 7,5 ming dollar miqdorida pul kompensatsiyasi beriladi.

Grin-Vud — Bruklindagi sayyohlik maskanlaridan biri. U yerda siyosatchilar, madaniyat arboblari va boshqa obro‘li shaxslar dafn etilgan. Muntazam ravishda ekskursiyalar tashkil etilib, turli xil ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazib turiladi. Qabriston, shuningdek, 1775-1783 yillarda AQSh mustaqilligi uchun urush davrida jang o‘tkazilgan joy sifatida mashhur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring