Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik qiz o‘z xonasida... yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

Amerikalik qiz o‘z xonasida... yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

Foto: «Daily Star»

Amerikaning Laredo shahri (Texas shtati)da yashovchi qiz o‘z yotog‘ida... yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

«Daily Star» yozishicha, 14-dekabr mashina uyni buzib kirganida o‘quvchi qiz — 17 yoshli Aramis Mora o‘z xonasida, kompyuterda masofadan ta’lim olayotgan bo‘lgan.

Aramis Mora. Foto: «Daily Star»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bexosdan haydovchining tobi qochishi oqibatida yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilishi noxush voqeaga sabab bo‘lgan.

Haydovchini ham og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketishgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring