Amerikaga qochib ketgan KGB sobiq mayori vafot etdi
![Amerikaga qochib ketgan KGB sobiq mayori vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_348200012.png)
Viktor Sheymov, 2000-yil.
Sobiq ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (KGB) sobiq mayori Viktor Sheymov AQShda 73 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi «The Washington Post».
Nashr yozishicha, mayor 18-oktyabr kuni olamdan o‘tgan edi, ammo bu haqda endi ma’lum bo‘ldi. Sheymov umrining oxirgi yillarini Virjiniya shtatidagi uyida o‘tkazgan. Uning o‘limiga o‘pkasidagi kasallik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
![](https://static.xabar.uz/uploads/16/CWFdfBdKHUIozeB4yRf2iiDVxejdWivz.png)
1980-yili MRB (SRU) agentlari yashirin ravishda Sheymovni Moskvadan olib chiqib ketishgandi. Bungacha u KGB Sakkizinchi boshqarmasida aloqa va shifrlash bilan shug‘ullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter