Amerikaga qochib ketgan KGB sobiq mayori vafot etdi
Sobiq ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (KGB) sobiq mayori Viktor Sheymov AQShda 73 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi «The Washington Post».
Nashr yozishicha, mayor 18-oktyabr kuni olamdan o‘tgan edi, ammo bu haqda endi ma’lum bo‘ldi. Sheymov umrining oxirgi yillarini Virjiniya shtatidagi uyida o‘tkazgan. Uning o‘limiga o‘pkasidagi kasallik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
1980-yili MRB (SRU) agentlari yashirin ravishda Sheymovni Moskvadan olib chiqib ketishgandi. Bungacha u KGB Sakkizinchi boshqarmasida aloqa va shifrlash bilan shug‘ullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter