Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada osiyolik qizlarni o‘ldirgan manyak jazoga tortildi

Amerikada osiyolik qizlarni o‘ldirgan manyak jazoga tortildi

Foto: «Associated Press»

AQSh sudi Jorjiya shtatidagi massaj salonlarida sodir etilgan qotilliklarda aybdor deb topilgan 22 yoshli Robert Aaron Longni muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz to‘rt karra umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Aaron to‘rtta qotillikda aybiga iqror bo‘lgan.

Gumondor shaxs mart oyi o‘rtalarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U sakkiz kishini o‘ldirishda ayblangan, ulardan oltitasi Osiyo millatiga mansub ayollar bo‘lishgan.

OAV xabariga ko‘ra, Long so‘roq paytida jinsiy qaramlikdan qiynalayotganini tan olgan. U irqiy nafrat tufayli hujum qilganini rad etdi. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, u Floridaga «pornografiya sanoatining ba’zi ob’yektlariga» hujum qilish uchun borishni rejalashtirib yurgan.

Koronavirus pandemiyasi paytida AQShda osiyolik amerikaliklarga nisbatan ruhiy va jismoniy tajovuz holatlari sezilarli darajada oshdi. Bunga sobiq prezident Donald Trampning COVID-19 faqat «Xitoy» virusi degan so‘zlari turtki bo‘ldi. Atlantadagi otishmadan so‘ng amaldagi prezident Jo Bayden xalqni birdamlikka chaqirdi va koronavirus fonida kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan odamlarga qarshi irqchilik harakatlarini qoraladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring