Alisher Usmonov Rossiyadagi so‘nggi oligarx haqida gapirdi
O‘zbekistonlik mashhur milliarder Alisher Usmonov Rossiyadagi so‘nggi oligarx kimligi haqida gapirdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
«Rossiyada bir nafar oligarx qoldi», – degan Alisher Usmonov «Rossiya-1» telekanalining «Deystvuyuщiye litsa s Nailey Askerzade» dasturiga intervyu bera turib.
Ammo Usmonov uning shaxsini oshkor qilmagan.
«Bu vagonda bizdan faqat bir kishi qolgan, deb hisoblayman. Vagon bo‘shab qolgan, uning yakka o‘zi o‘tiribdi – hanuz sayr qilib yuribdi», – degan Usmonov.
Uning fikricha, oligarx bu hech narsa to‘lamasdan hamma narsaga erishgan inson. «Men hech qachon ular qatoriga kirmaganman», - degan milliarder.
Alisher Usmonovning 12,5 milliard dollar sarmoyasi bo‘lib, u Rossiyadagi boylar reytingida o‘ninchi o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter