Albaniyada kuchli zilzila natijasida yuzlab odamlar jarohatlandi
Albaniyada kuchli zilzila natijasida yuzlab odamlar jarohatlandi, bir qancha uylar vayron bo‘ldi, deya xabar berdi «Exit» yangiliklar portali.
Avval AQSh Geologiya xizmati (USGS) Tirana yaqinida 6,4 magnitudasi bilan yer qimirlaganini ma’lum qilgandi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, kuchli yer osti silkinishlari bevosita poytaxtda, shuningdek, epitsentrga eng yaqin joylashgan Durres shahrida ham sezilgan.
Tiranadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkita turar joy binosi qulab tushgan, Durres yaqinidagi Kavaya shahrida yana ikkita imorat vayron bo‘lgan.
Mahalliy shifoxonalarga yuzlab kishilar murojaat qilgan, ularning aniq soni hozircha noma’lum.
Qurbonlar haqida esa ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter