Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agar Rossiya urushni to‘xtatsa, urush bo‘lmaydi. Agar Ukraina urushni to‘xtatsa, Ukraina bo‘lmaydi» – Entoni Blinken

«Agar Rossiya urushni to‘xtatsa, urush bo‘lmaydi. Agar Ukraina urushni to‘xtatsa, Ukraina bo‘lmaydi» – Entoni Blinken

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Donbass, Zaporoje va Xerson viloyatlari xalq respublikalarining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum yakunlangach, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi

«Referendumlar o‘tkazilgach, Rossiya Ukrainaning ushbu hududlarni qaytarib olishga bo‘lgan har qanday urinishlarini o‘z mamlakatiga hujum sifatida baholaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin anneksiya va «soxta» referendumlar orqali diplomatik yechimni imkonsiz qildi. U bu urushni tanlagan, bu uni tugatishi mumkin. Agar Rossiya urushni to‘xtatsa, urush bo‘lmaydi. Agar Ukraina urushni to‘xtatsa, Ukraina bo‘lmaydi», – deydi Blinken.

Shuningdek, AQSh davlat kotibi barcha dunyo davlatlari vakillarini referendumning natijalarini tan olmaslikka chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 23-27–sentyabr kunlari Lugansk va Donetsk Xalq Respublikalarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring