«Agar Navalniy o‘lsa...» — Bayden keskin fikr bildirdi
Rossiyaning amaldagi hukumatiga muholif bo‘lgan Aleksey Navalniyning qamoqda o‘lishi ehtimoli Rossiyaning AQSh va boshqa davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtiradi.
Ushbu fikr Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan bildirildi. Bu haqda Britaniyaning «Reuters» agentligi ma’lum qilgan.
«Navalniyning o‘limi Rossiyada inson huquqlarini hurmat qilish istagi juda zaif yoki to‘liq yetishmasligining yana bir isboti bo‘lar edi. Bu fojia bo‘ladi», - dedi u tegishli savolga javob berarkan. «Navalniyning o‘limi… Bu tannazuldan boshqa hech narsa keltirmaydi. Butun dunyo va men bunga to‘la ishonamiz».
Eslatib o‘tamiz, Navalniy jazoni Vladimir viloyatidagi 2-koloniyada o‘tamoqda.
Bundan oldinroq Navalniyni davolagan shifokorning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter