Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda yana kuchli zilzilalar qayd etildi

Afg‘onistonda yana kuchli zilzilalar qayd etildi

6,4 magnitudali zilzila epitsentri 272 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Hirot shahridan 34 km uzoqlikda sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi.

Biroz o‘tib, 5 magnitudali zilzila mamlakat g‘arbida, Hirotdan 28 km uzoqlikda qayd etilgan.

Hodisa oqibatida uylar qulab tushgani, odamlar vayronalar ostida qolayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda bir necha kun ilgari ham kuchli zilzila ro‘y bergandi. Uning oqibatida 2 mingdan ziyon odam halok bo‘lgandi.

Kuni kecha O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami yuborgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring