Afg‘onistonda yana kuchli zilzilalar qayd etildi
![Afg‘onistonda yana kuchli zilzilalar qayd etildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1206535892.jpg)
6,4 magnitudali zilzila epitsentri 272 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Hirot shahridan 34 km uzoqlikda sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi.
Biroz o‘tib, 5 magnitudali zilzila mamlakat g‘arbida, Hirotdan 28 km uzoqlikda qayd etilgan.
Hodisa oqibatida uylar qulab tushgani, odamlar vayronalar ostida qolayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda bir necha kun ilgari ham kuchli zilzila ro‘y bergandi. Uning oqibatida 2 mingdan ziyon odam halok bo‘lgandi.
Kuni kecha O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami yuborgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter