Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvda kamida 5 kishi halok bo‘ldi
Qandahorda, Afg‘oniston-Pokiston chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.
Otishma sabablari hozircha noma’lum.
Afg‘oniston manbalari xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi Pokiston qurolli kuchlari harbiylari. «Tolibon» harakati o‘z odamlaridan uch nafari jarohat olgani haqida yozgan.
Shu yil noyabr oyida ham ikki mamlakat chegarasidagi otishma oqibatida qurbonlar bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter