Afg‘oniston prezidenti Bayden bilan gaplashib oldi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Amerika yetakchisi Jo Baydenga telefon qilganini, tomonlar AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan sentyabrgacha olib chiqilishini muhokama qilganini ma’lum qildi.
«Bugun men prezident Bayden bilan telefon orqali suhbatlashdim. Suhbat chog‘ida AQShning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini sentyabr oyining boshiga qadar olib chiqish to‘g‘risida qarorini muhokama qildik. Afg‘oniston Islom Respublikasi AQSh qarorini hurmat qiladi va biz o‘z sheriklarimiz bilan hammasi silliq kechishni ta’minlash uchun ishlaymiz. Hamkorlikning keyingi bosqichiga o‘tar ekanmiz, AQSh va NATOdagi sheriklarimiz bilan tinchlik sa’y-harakatlarini davom ettirishda ishlashda davom etamiz», — deb yozgan Ashraf G‘ani «Twitter»da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik va mudofaa kuchlari «o‘z xalqi va mamlakatini himoya qilishga to‘liq qodir».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter