Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga ishlagan afg‘onlar Baydendan yordam so‘rashdi

AQShga ishlagan afg‘onlar Baydendan yordam so‘rashdi

FOTO: PIXABAY.COM

AQSh harbiy kuchlari bilan hamkorlik qilgan Afg‘oniston fuqarolari Tolibon harakati jangarilarining qasosi tufayli o‘z hayotlaridan qo‘rqishayotganlarini ma’lum qilishdi. Ular prezident Jo Baydendan yordam so‘rashgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Kanal suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, tolibonlar allaqachon Amerika harbiylariga yordam berganlarga hujum qilishni boshlab yuborishgan. Ulardan birida tarjimon Soxail Pardis o‘ldirildi. 16 oy davomida u AQSh harbiy kuchlari bilan hamkorlik qilgan.

Pardisning do‘sti Abdul Ayubining so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Kobuldan Xost viloyatiga ketayotgan paytda Pardisning mashinasini to‘xtatishgan. U yashirinishga uringan, lekin ulgurmagan. Mahalliy aholining aytishicha, tolibonlar mashinaga qarata o‘q uzishgan, keyin undan Pardisni tortib chiqarib, o‘ldirishgan. Ayubining aytishicha, Pardis tahdidlarga duch kelgan va Afg‘onistonni tark etishni xohlagan, ammo viza ololmagan.

«Biz bu yerda nafas ololmaymiz. Tolibonlar bizni ayamaydi, — dedi Ayubi intervyusida. — Biz hech qachon hozirgidek bo‘ladi deb o‘ylamagandik. Prezident Bayden bizni qutqarishini so‘raymiz».

Avvalroq AQSh Davlat departamenti vakili AQSh rasmiylari Virjiniya shtati Fort Li shahridagi harbiy bazaga harbiylarga yordam bergan Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Kelajakda ular immigratsion vizalarni olishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring