«Qiyomat kuni» samolyotini yaratishga $13 mlrd sarflanadi
AQSh harbiy-havo kuchlari eskirgan «qiyomat kuni» samolyoti — Boeing E-4B Nightwatch o‘rniga yangisini yaratish uchun Sierra Nevada Corporation (SNC) aerokosmik kompaniyasi bilan $13 mlrd qiymatidagi shartnomaga kelishdi.
Loyiha doirasida havo-desant operatsiyalarini boshqarish tizimini yaratish, jumladan, tajriba-konstruktorlik ishlari, samolyotlarni yetkazib berish va yerdagi tizimlarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu ishlar AQShning bir nechta shtatlarida olib borilib, 2036-yilda yakuniga yetkaziladi.
O‘tgan yili Boeing tanlovdan chiqib ketganidan so‘ng Sierra Nevada Corp. loyihani amalga oshirish uchun yagona nomzodga aylangandi.
Hozirgi Boeing E-4B Nightwatch «qiyomat kuni» samolyoti AQSh harbiy qo‘mondonligi boshqaruv va aloqa milliy tizimining muhim qismidir. Undan favqulodda vaziyatlarda yoki yerdagi boshqaruv markazlari yo‘q qilinganda foydalaniladi.
Boeing 747-200 bazasida qurilgan E-4B Nightwatch bir yonilg‘i olishda 12 soatgacha havoda qolish imkoniga ega. Uning bortida ishchi zonalar, brifinglar uchun xona, aloqa zonasi va dam olish sharoitlari mavjud. Samolyot bir paytning o‘zida 111 kishini olib uchishga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter