Abramovich uchun 145 metrli yaxta qurilayotgani ma’lum bo‘ldi (foto)
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich yangi yaxta qurmoqda. Tarmoqda 145 metrli Solaris kemasining suratlari paydo bo‘ldi.
Forbes nashrining yozishicha, Germaniyaning Lloyd Werft kemasozlik zavodida biznesmen uchun yaxta qurilmoqda.
Solaris — temir korpusli va alyuminiy ustqurmali tuzilishga ega super yaxta-eksplorer. U tik daraxtidan yasalgan sakkizta paluba, lift, trenajyor zali, vertolyot maydonchasi, jakuzi, suzish havzasi, shuningdek, vertolyot uchun angar hamda tenderlar — hamrohlik qiluvchi kemalar uchun garajdan iborat. Yaxtaning 48 ta kyutasiga 36 nafar yo‘lovchi va 60 ta ekipaj a’zosi joylashishi mumkin.
Yaxta uchun M-Solo & M-Sola nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan ikkita Airbus ACH145 vertolyotlariga buyurtma berilgan.
RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u dunyodagi eng katta qo‘llab-quvvatlovchi kemaga aylanadi. Mutaxassislarning fikricha, yaxtaning narxi taxminan 250-300 million dollarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter